Bosh sahifa › Biologiya › Spetsifikatsiya
🧬 Biologiya
Milliy test spetsifikatsiyasi
Biologiya fanidan milliy sertifikat imtihonining rasmiy spetsifikatsiyasi: test tuzilishi, vaqt va fan mazmuni.

📄 Biologiya fanidan milliy test tizimi uchun test spetsifikatsiyasi
Spetsifikatsiya test varianti formati (topshiriqlar soni, turi, vaqt me’yori), fan mazmuni tarkibi va baholash mezonlarini belgilaydi. Milliy sertifikat imtihoniga tayyorlanishdan oldin albatta o‘qib chiqing.
🧮 Test tuzilishi
Jami 43 ta topshiriq · vaqt: yopiq topshiriqlarga 100 daqiqa + yozma ishga 80 daqiqa = 180 daqiqa.
Y1 — bitta to‘g‘ri javobli yopiq test; Y2 — moslashtirish talab qiladigan yopiq test; O1 — qisqa javobli ochiq test; O2 — kengaytirilgan javobli ochiq test (yozma ish).
| Bo‘lim | Soni | № | Turi |
|---|---|---|---|
| Biologiya hayot haqidagi fan. Tiriklikning xilma-xilligi | 1 | 1 | Y1 |
| Hujayra haqidagi ta’limot, hayotiy jarayonlarning kimyoviy asoslari, modda va energiya almashinuvi, ko‘payish, mitoz va meyoz, genetika va seleksiya asoslari, genetik injeneriya va biotexnologiya | 10 | 2–11 | Y1 |
| Tirik organizmlarning umumiy sistematikasi | 1 | 12 | Y1 |
| O‘simlik va hayvonot dunyosi | 7 | 13–19 | Y1 |
| Odam organizmi organlar sistemasining tuzilishi, funksiyasi, boshqarilishi va individual rivojlanishi | 4 | 20–23 | Y1 |
| Hayotning tur va populyatsiya darajasi umumiy qonuniyatlari | 5 | 24–28 | Y1 |
| Hayotning ekosistema va biosfera darajasi umumiy qonuniyatlari. Organik olam filogenezi | 4 | 29–32 | Y1 |
| Mantiqiy fikrlashga asoslangan test topshiriqlari | 3 | 33–35 | Y2 |
| Umumbiologik qonuniyatlarga asoslangan topshiriqlar | 5 | 36–40 | O1 |
| Umumbiologik qonuniyatlarga asoslangan topshiriqlar (kengaytirilgan javob, yozma ish) | 3 | 41–43 | O2 |