edutarix logotipiedutarix.uz
Bosh sahifa › Yangiliklar
Yangiliklar

Ta’lim va tarix yangiliklari

Platforma, ta’lim tizimi va tarix faniga oid so‘nggi xabarlar — Kun.uz, Daryo.uz, Vaqt.uz, UzA va rasmiy kanallardan.

🎉 Muallif yangiligi

Markaz metodisti Sherzod To‘rayev PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi

Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazining tarix fani metodisti Sherzod G‘ulboy o‘g‘li To‘rayev Termiz davlat universiteti huzuridagi Ilmiy kengashda «Etnografiya, etnologiya va antropologiya» ixtisosligi bo‘yicha «B.X. Karmishevaning Surxon-Sherobod vohasidagi etnik guruhlarni o‘rganishdagi o‘rni» mavzusidagi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Markaz jamoasi olimni samimiy muborakbod etdi.

Surxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi · 10.2026

Telegramda o‘qish ↗ Muallif haqida

Prezident tashabbusi bilan «Shiroq» tarixiy filmi suratga olinmoqda

Kinorejissyor Muzaffarxon Erkinov afsonaviy cho‘pon Shiroq jasoratiga bag‘ishlangan «Shiroq» tarixiy filmini suratga olishni yakunladi. Film Doro qo‘shinini suvsiz sahroga boshlab, vatanni bosqinchilardan asrab qolgan qahramon haqidagi rivoyatni aks ettiradi.

Kun.uz14.10.2026

Tarix fanlari bo‘yicha PhD himoyasi: Farg‘ona viloyatidagi noislomiy diniy tashkilotlar

Sh. Jumayevning «Farg‘ona viloyatidagi noislomiy diniy tashkilotlar faoliyatining o‘ziga xosligi» mavzusidagi dissertatsiyasi himoyasi 2026-yil 5-noyabr kuni O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi huzuridagi Ilmiy kengashda bo‘lib o‘tadi.

UzA17.10.2026

Tarix fanlari bo‘yicha PhD himoyasi: radikal shaxslarning reabilitatsiyasi masalasi

N. Shomirzayevning mustaqillik yillarida radikal shaxslarning diniy-ijtimoiy reabilitatsiyasi xususiyatlariga bag‘ishlangan dissertatsiyasi himoyasi 5-noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.

UzA17.10.2026

Maktablarda «FAST – superqahramonlar» xalqaro dasturi joriy etiladi

1-noyabrdan boshlab 1–4-sinf o‘quvchilariga insultning dastlabki belgilarini o‘yin va qiziqarli mashg‘ulotlar orqali o‘rgatuvchi dastur bosqichma-bosqich joriy etiladi.

UzA16.10.2026

Kitobxonlik tanlovida yuqori natija ko‘rsatgan askarlar bir oy erta qaytishi mumkin

Respublika kitobxonlik tanlovida yuqori natija ko‘rsatgan muddatli harbiy xizmatchilarning xizmat muddatini bir oyga qisqartirish rejalashtirilmoqda; qonun loyihasi birinchi o‘qishda ma’qullandi.

Kun.uz14.10.2026

PISA’da 83 ballik o‘sish: ta’lim sifati haqiqatan yaxshilandimi?

PISA–2025 natijalariga ko‘ra O‘zbekistonning tabiiy fanlar bo‘yicha bali uch yilda 83 ballga oshib, 48-o‘ringa ko‘tarildi. Ekspertlar barqaror o‘zgarishlar uchun ta’limdagi tafovutlarni kamaytirish zarurligini ta’kidlamoqda.

Vaqt.uz13.09.2026

Tabiiy fanlarda 438 ball: O‘zbekistonning PISA-2025 dagi ko‘rsatkichlari

O‘zbekiston tabiiy fanlar bo‘yicha 438 ball to‘plab, 48-o‘rinni egalladi. Matematika va o‘qish savodxonligi natijalari hozircha e’lon qilinmagan.

Vaqt.uz08.09.2026

Uy-joylardan bank va zavodlargacha: O‘zbekiston xususiylashtirishining 35 yili

Mustaqillik yillaridagi xususiylashtirish tarixi: 1990-yillarda uy-joy va kichik biznes, 2017-yildan keyin esa banklar va yirik korxonalar xususiy egalarga o‘tkazila boshlandi.

Vaqt.uz23.08.2026

Turfa madaniyatlar tutashgan manzil – Milliy madaniy markazlar pavilyoni

Toshkentdagi Do‘stlik bog‘i yonidagi Milliy madaniy markazlar pavilyonida turli xalqlarning liboslari, buyumlari va an’analarini yaqindan ko‘rish mumkin.

Vaqt.uz29.06.2026

Yangiliklar manba saytlarida to‘liq o‘qiladi. Rasmlar manba saytlariga tegishli.