edutarix logotipiedutarix.uz
Bosh sahifa › Sayt muallifi
Sayt muallifi

Sherzod To‘rayev

Tarixchi-pedagog, metodist va master-trener. edutarix.uz platformasi asoschisi va muallifi.

Sherzod To‘rayev
Sherzod To‘rayevedutarix.uz muallifi

Malaka va faoliyat

🎓
Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)Ilmiy-tadqiqot faoliyati — etnografiya, etnologiya va antropologiya. Dissertatsiya mavzusi: «B.X. Karmishevaning Surxon-Sherobod vohasidagi etnik guruhlarni o‘rganishdagi o‘rni» (Termiz davlat universiteti huzuridagi Ilmiy kengashda himoya qilingan).
🏛
Pedagogik mahorat markazi — tarix fani metodistiSurxondaryo viloyati Pedagogik mahorat markazi: tarix va «Davlat va huquq asoslari» fanlari o‘qituvchilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish.
🌍
UNESCO loyihasida master-trenerXalqaro loyiha doirasida o‘qituvchilarni o‘qitish va treninglar o‘tkazish.
🧭
KRK va KRS tadbirlari bo‘yicha master-trenerKasbiy rivojlanish tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish.
🤖
Generativ sun’iy intellekt bo‘yicha mentor-trenerO‘qituvchilarga SI vositalarini ta’lim jarayonida qo‘llashni o‘rgatadi.
🤝
«Ishonch» dasturida master-trenerSurxondaryo viloyatida 20 nafar mentor faoliyatini yo‘naltiradi (Oltinsoy, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Jarqo‘rg‘on).
📜
Milliy sertifikat sohibiTarix fanidan Milliy sertifikatga ega.
🇬🇧
IELTS sertifikati sohibiXalqaro ingliz tili sertifikatiga ega.
⭐
Oliy toifali o‘qituvchiPedagogik faoliyatda eng yuqori malaka toifasi.

Platforma haqida

edutarix.uz — tarixni yodlash emas, tushunish uchun yaratilgan ta’lim platformasi. Bu yerda o‘quvchilar onlayn testlar, o‘yinlar va olimpiada topshiriqlari bilan bilimini sinaydi; o‘qituvchilar esa interfaol metodlar, taqvim-mavzu rejalar, AI dars yordamchisi, attestatsiya testlari va boy kutubxonadan foydalanadi.

Muallifning ilmiy yo‘nalishi — etnografiya, etnologiya va antropologiya: Surxon-Sherobod vohasi aholisining etnik tarkibi, an’anaviy madaniyati va bu sohadagi tadqiqotlar tarixi. Dissertatsiya himoyasi haqidagi xabarni Yangiliklar bo‘limida o‘qishingiz mumkin.

Platformadagi barcha materiallar ta’lim maqsadida bepul taqdim etiladi. Taklif va mulohazalaringizni muallifga yuborishingiz mumkin.