edutarix logotipiedutarix.uz
Bosh sahifa › Boshlang‘ich ta’lim › Spetsifikatsiya
🎒 Boshlang‘ich ta’lim

Attestatsiya test spetsifikatsiyasi

Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishidan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari o‘qituvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish malaka sinovi test topshiriqlari spetsifikatsiyasi (Toshkent, 2026).

🎒

📄 Test topshiriqlari spetsifikatsiyasi

Hujjat malaka sinovida foydalaniladigan test topshiriqlarining mazmuni, qamrovi, turi, shakli hamda baholash mezoni talablarini belgilaydi. Attestatsiyaga tayyorlanishdan oldin albatta o‘qib chiqing.

📥 PDF ni yuklab olish👁 Alohida oynada ochish

🧮 Test tuzilishi

Jami 50 ta test topshirig‘i: mutaxassislik fanidan 35 ta, kasb standartlaridan 5 ta, pedagogik mahoratdan 10 ta. Umumiy vaqt o‘rta hisobda 120 daqiqa. Yopiq testlar: Y1 (bitta to‘g‘ri javob), Y2 (moslashtirish), Y3 (ketma-ketlik).

Mazmun sohasiTestlar soni
1. Ona tili (matnni o‘qib tushunish, tildan amaliy foydalanish, til nazariyasi va lingvistik tahlil)12
2. O‘qish savodxonligi (badiiy matn tahlili — 5, o‘zbek va jahon bolalar adabiyoti — 2)7
3. Matematika (sonlar va amallar — 4, algebraik mulohaza — 2, geometriya va o‘lchovlar — 2, ehtimollik va ma’lumotlar — 2)10
4. Tabiiy fanlar (Quyosh sistemasi va Yer yuzasi — 1, tirik organizmlar — 1, fizik xossalar — 1)3
5. Tarbiya (shaxsiy tarbiya va axloqiy qadriyatlar, jamiyatdagi vazifalar va huquqlar, hayotiy ko‘nikmalar va xavfsizlik — har biri 1)3
Mutaxassislik fanidan jami35
Kasb standarti (36–40-savollar)5
Pedagogik mahorat (41–50-savollar: umumiy pedagogika — 7, o‘qitish metodikasi — 3)10
Jami50

🧠 Kognitiv ko‘nikmalar taqsimoti

DarajaIzohTestlar soni
BilishFanga doir nazariy ma’lumotlar, atamalar, qoidalar, tushunchalarni eslab qolish, ularning mazmuni, maqsadi va qo‘llanishini tushunish8
Qo‘llashBilim, tushuncha va jarayonlarni yangi (notanish) kontekstlarda qo‘llay olish35
Mulohaza qilishFaktlar, dalillar, fikrlarni taqqoslash, tahlil qilish, taxmin qilish va xulosa chiqarish7

📝 Baholash va matnlarga talablar

Har bir to‘g‘ri javobga 2 ball, noto‘g‘ri javobga 0 ball beriladi. Jami 100 ball.

Badiiy matn: o‘zbek tilida yozilgan (yoki tarjima qilingan) nasriy asardan parcha, 250–300 so‘z; test topshiruvchi uchun notanish, amaldagi darsliklarga kiritilmagan.

Ilmiy-ommabop matn: keng auditoriyaga mo‘ljallangan, grafik elementlarni ham o‘z ichiga olgan matn, 100–130 so‘z; test topshiruvchi uchun notanish.

🚫 Imtihon tartibi

Imtihon vaqtida mobil telefon, aqlli soat, planshet yoki elektron eslatmalardan foydalanish qat’iyan man etiladi; nusxa ko‘chirish, yordam so‘rash yoki berish, gaplashish, ruxsatsiz chiqish taqiqlanadi. Qoidabuzarlik aniqlansa, tinglovchi testdan chetlashtiriladi va natijasi bekor qilinadi.

📚 To‘liq matn

Brauzeringiz PDF ni shu yerda ko‘rsata olmadi. PDF ni ochish