edutarix logotipiedutarix.uz
Bosh sahifa › Tarixiy shaxslar › Martin Lyuter King (kichik)
Eng yangi davr · Jahon tarixi

Martin Lyuter King (kichik)

AQShdagi fuqarolik huquqlari harakati yetakchisi, Nobel tinchlik mukofoti sovrindori (1929–1968)

Martin Lyuter King (kichik)

Foto: © Steve Schapiro

Muhim sanalar

  • 1929Atlantada tug‘ildi
  • 1955–1956Montgomeridagi avtobus boykoti
  • 1957Janubiy xristian yetakchilik konferensiyasi (SCLC)ga asos soldi
  • 1963-yil 28-avgustVashingtonga yurish va «Mening orzuyim bor» nutqi
  • 1964Nobel tinchlik mukofoti; Fuqarolik huquqlari to‘g‘risidagi qonun
  • 1965Selma–Montgomeri yurishlari; Ovoz berish huquqlari qonuni
  • 1968-yil 4-aprelMemfisda o‘ldirildi

Biografiya

Martin Lyuter King (kichik) 1929-yil 15-yanvarda AQShning Jorjiya shtatidagi Atlanta shahrida baptist cherkovi voizi oilasida tug‘ilgan. U Morxaus kollejida, so‘ng ilohiyot bo‘yicha o‘qib, 1955-yilda Boston universitetida falsafa doktori darajasini olgan va baptist voizi bo‘lgan.

1955-yil dekabrida Montgomeri (Alabama) shahrida Roza Parks avtobusda joyini oq tanliga bermagani uchun hibsga olindi. Shundan so‘ng King boshchiligida 381 kun davom etgan avtobus boykoti boshlandi; 1956-yil oxirida AQSh Oliy sudi avtobuslardagi irqiy ajratishni konstitutsiyaga zid deb topdi. 1957-yilda King Janubiy xristian yetakchilik konferensiyasi (SCLC)ga asos soldi.

U Maxatma Gandi g‘oyalaridan ilhomlanib, zo‘ravonliksiz qarshilik yo‘lini tanladi. 1963-yil 28-avgustda Vashingtonda 250 mingga yaqin kishi ishtirok etgan yurishda Linkoln yodgorligi oldida mashhur «Mening orzuyim bor» nutqini so‘zladi. 1964-yilda AQShda Fuqarolik huquqlari to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi, 1965-yilda Selma–Montgomeri yurishlaridan so‘ng Ovoz berish huquqlari to‘g‘risidagi qonun imzolandi.

1964-yilda 35 yoshli King Nobel tinchlik mukofotiga sazovor bo‘ldi — o‘sha paytda u bu mukofotning eng yosh sovrindori edi. U 1968-yil 4-aprelda Tennessi shtatining Memfis shahrida o‘ldirildi. 1986-yildan boshlab AQShda yanvar oyining uchinchi dushanbasi Martin Lyuter King kuni sifatida nishonlanadi.

Bilasizmi? Kingga tug‘ilganda Maykl King degan ism berilgan; keyinchalik oila ismi islohotchi Martin Lyuter sharafiga Martin Lyuter Kingga o‘zgartirilgan.

O‘zingizni sinang

Manba: Vikipediya maqolasi asosida tayyorlandi.

← Barcha shaxslar O‘yinlarda sinash