edutarix logotipiedutarix.uz
Bosh sahifa › Savol-javob › 10-sinf O‘zbekiston tarixi › Sovet hokimiyatining O‘zbekistondagi qatag‘onlik siyosati
Savol-javob

Sovet hokimiyatining O‘zbekistondagi qatag‘onlik siyosati

10-sinf O‘zbekiston tarixi darsligi bo‘yicha 21 ta savol va javob. Darslik: 139–142-betlar.

🎧 Interaktiv rejimda mashq qilish

1. XX asr 20-yillar ikkinchi yarmi va 30-yillar boshida o‘ylab topilgan siyosiy ishlarni sanang.

Javob: O‘n sakkizlar guruhi, inog‘omovchilik, qosimovchilik, badriddinovchilik, «milliy ittihodchilar» va «milliy istiqlolchilar», «narkompros» ishi, «botir gapchilar».

2. «O‘n sakkizlar guruhi» kimlarni o‘z ichiga olgan?

Javob: Abdurahim Hojiboyev, Inomjon Xidiraliyev, Muxtorjon Saidjonov va boshqalar.

3. Inog‘omovchilik kimga qarshi qaratilgan?

Javob: O‘zSSR Maorif xalq komissari Rahim Inog‘omov va boshqalarga.

4. «Narkompros» ishi kimlarga qarshi edi?

Javob: O‘zSSR Maorif xalq komissari Mannon Ramziy va o‘rinbosari Botu va boshqalarga.

5. «Botir gapchilar» ishi qayerda va kimlar bo‘yicha?

Javob: Qo‘qonda Ashurali Zohiriy boshchiligidagi 19 nafar kishi.

6. Partiya saflarini «tozalash» natijasida nima bo‘ldi?

Javob: O‘zbekiston kompartiyasi a’zolarining 25,6 foizi firqadan chiqarildi.

7. Sa’dulla Qosimov kim va unga qanday ayblar qo‘yildi?

Javob: O‘zSSR Oliy sudi raisi; 1929-yil martda lavozimidan bo‘shatilib, qamoqqa olindi; «bosmachilar»ni qo‘llab-quvvatlash, «aksilinqilobchi millatchi tashkilotlar» bilan aloqa, islom dinini himoya qilishda ayblandi.

8. Qosimovchilik ishi qanday yakunlandi?

Javob: Qosimov va 6 safdoshi 10 yil qamoqqa hukm qilindi; mol-mulki musodara qilindi.

9. Badriddinovchilik ishi kim ustidan va qachon bo‘lgan?

Javob: O‘zSSR Oliy sudining sobiq prokurori Shamsutdin Badriddinov va 5 safdoshi ustidan 1932-yil 5-may–15-iyunda sud jarayoni o‘tkazildi; uzoq muddatli qamoqqa hukm qilindi.

10. Munavvarqori Abdurashidxonov qachon qamoqqa olindi?

Javob: 1929-yil 5-noyabrda; avval 38 kishi, keyin 87 kishiga yetdi.

11. Ularga qanday ayb qo‘yildi?

Javob: «Milliy Ittihod» va «Milliy Istiqlol» tashkilotlari a’zolari degan ayb.

12. 1931-yil 25-aprel sud majlisi qayerda va qanday hukm chiqardi?

Javob: Moskvada; Munavvarqori boshchiligidagi «Milliy Istiqlol»ning 15 nafari otishga, 72 nafari uzoq muddatli qamoqqa hukm qilindi.

13. XXSR harbiy ishlar noziri Mirkomil Mirsharopov nimada ayblandi?

Javob: O‘zbek diviziyasini milliylashtirib, uning yordamida O‘zbekistonni SSSR tarkibidan ajratib, mustaqil davlat barpo etishga urinishda; 1937-yil 28-oktyabrda Maykopda qamoqqa olindi.

14. Mirsharopov boshchiligidagi 18 nafar harbiy qachon otib tashlandi?

Javob: 1938-yil 10-oktyabrda; dastlabki O‘zbek diviziyasi tarqatib yuborildi.

15. Qaysi buyuk adiblar 1938-yil 4-oktyabrda otib tashlandi?

Javob: Fitrat, Cho‘lpon va Abdulla Qodiriy – Toshkent atrofida.

16. 1937–1938-yillarda O‘zbekistonda nechta kishi qatag‘on qilindi?

Javob: 41 000 dan ortiq kishi hibsga olindi; 37 000 dan ko‘prog‘i jazolandi; 6 920 nafari otishga hukm qilindi.

17. Ziyolilar orasida qatag‘on ko‘lami qanday?

Javob: Davlat va jamoat arboblari, yozuvchi, shoir va olimlardan 5 758 nafari qamoqqa olinib, 4 811 nafari otib tashlangan.

18. «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmuasi qachon va qayerda ochildi?

Javob: 2000-yil 12-mayda Toshkentning Yunusobod tumanidagi Bo‘zsuv kanali bo‘yida – ko‘pchilik otib tashlangan joyda.

19. Mustaqillikdan so‘ng qatag‘on qilinganlarga munosabat qanday bo‘ldi?

Javob: Ko‘pchiligi huquqiy jihatdan oqlandi, pok nomlari tiklandi.

20. Qatag‘on diniy muassasalarga qanday ta’sir qildi?

Javob: Ko‘plab madrasa, masjid va xonaqohlar buzildi yoki xo‘jalik omborlari, harbiy manzilgohlar, turarjoy qilib ishlatildi; qo‘lyozma va kitoblarning katta qismi yo‘q qilindi.

21. Sovet rejimi milliy rahbarlarga qanday yo‘l tutdi?

Javob: Avval lavozimlardan chetlatib, «g‘oyaviy» tor-mor qildi; 20-yillar oxirida esa jismoniy yo‘qotishga kirishdi.

10-sinf O‘zbekiston tarixi — barcha mavzular